1 Iyul 2022 yil
415
Fargʻona shahrida e’lon orqali kelib fuqaroni kompyuterini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritdi
Fargʻona shahar.2022-yilning 24-aprel kuni U.Sh fuqaro M.A.ning yashash xonadonida koʻrishib, sotish uchun e’lon bergan kompyuterini ish joyiga oʻrnatish uchun sotib olmoqchiligini aytib, ishonchiga kirib, narxi 24.864.000 soʻmlik mulklarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati