25 Fevral 2023 yil 386

Fargʻona shahrida dorixonaga oʻgʻirlikka tushgan shaxs aniqlandi

Fargʻona shahar. Fuqaro K.E IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 02 fevral kuni nomaʼlum shaxs Quvasoy koʻchasida joylashgan dorixonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib narxi 2.500.000 soʻmlik bir dona “NR” rusumli notebook, kuzatuv kamerasining xotirasi uchun moʻljallangan narxi 900.000 soʻmlik xotira diski, narxi 500.000 soʻmlik temir seyf, 3.200.000 soʻm va 100 AQSh dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech