6 Dekabr 2021 yil 397

Farg‘ona shahrida “Damas” avtomashinasiga yo‘lovchi bo‘lib chiqqan shaxs uyali telefon apparatini o‘g‘irlatdi

Farg‘ona shahri. 20 avgust kuni M.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni nomaʼlum shaxs, Bozor yo‘li ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi oldida narxi 2.000.000 so‘mlik “Asus” rusumli telefon apparatini yo‘lovchi tashuvchi “Damas” avtomashinasiga chiqqan vaqtida o‘rindiq ustida qarovsiz qolganidan foydalanib yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Y.Q sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech