Fargʻona shahrida “Cobalt” rusumli avtomashina salonidan narxi 16.800.000 soʻmlik “Samsung С-10” rusumli uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahri. 2021 yilning 13-iyul kuni fuqaro X.U IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 11-iyul kuni noma’lum shaxs Bozorboshi koʻchasida qarovsiz qoldirilgan H.U.ga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashina salonidan narxi 16.800.000 soʻmlik “Samsung S-10” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati