Fargʻona shahrida bozordagi rasta ustida qarovsiz qolgan telefonni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar.S.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 26-iyul kuni noma’lum shaxs Yangi asr koʻchasida joylashgan bozordagi savdo rastasi ustidan qarovsiz qolgan narxi 2 000 000 soʻmlik “RedMi 9” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.F sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati