Fargʻona shahrida ayolning xonadonidan tilla taqinchoq va pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. Oqariq mahalla hududida yashovchi X.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 20-sentabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib shkafidan va seyfdan 150.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlar va 10.000 AQSH dollari pullarini yashirin ravishda, oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati