17 Iyun 2023 yil 337

Fargʻona shahrida ayolning xonadonidan velosiped oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Nurobod koʻchasida yashovchi Fuqaro S.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 31-may kunidan 01-iyun kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoni kirish yoʻlagida qarovsiz qoldirgan narxi 1.200.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringnaligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan A.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech