Fargʻona shahrida ayolning velosipedini oʻgʻirlagan shaxs qamoqqa olindi
Fargʻona shahar. Yangi Asr koʻchasida yashovchi M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 26-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan narxi 1.500.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tadbirlar nitijasida, ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllinlgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati