Fargʻona shahrida ayol tomonidan vaqtincha foydalanish uchun olingan uyali telefon apparati qaytib berilmadi
Fargʻona shahri. 2021-yilning 14-dekabr kuni fuqaro X.N IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning avgust oyida noma’lum ayol ishonchiga kirib, narxi 1.000.000 soʻmlik “RedMi-6” rusumli uyali telefon apparatidan vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritib, hodisa joyidan ketib yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.G ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati