Fargʻona shahrida avtomobil yuvish shaxobchasida qarovsiz qolgan pullarni oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahar.Fuqaro A.X IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 14-sentabr kuni noma’lum shaxs Beruniy mahalla hududida joylashgan avtomobil yuvish shaxobchasida qarovsiz qolgan jami 1.200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni E.S va X.O sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati