1 May 2023 yil
420
Fargʻona shahrida avtomashinasida giyohvandlik moddalarni saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. 18-aprel kuni 1-mintaqaviy hudud PPX otryadi 3-guruh boʻlinma xodimlari Qirguli koʻchasida toʻxtab turgan M.I.ga tegishli boʻlgan “NEXIA” rusumli avtomashinasi koʻzdan kechirilganda avtomashina orqa oʻrindigʻi ustida dumaloq shakldagi “gashish” giyohvandlik moddalarini borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati