Fargʻona shahrida avtomashinadan pul va telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. Fuqaro T.S IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 29-noyabr kuni noma’lum shaxs P.Maxmud koʻchasida joylashgan avtoturargohda “Spark” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan narxi 800.000 soʻmlik “Редми-8” rusumli telefon apparatini, uni gʻilofida boʻlgan 400 AQSH dollari va 280.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.Gʻ sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati