30 Noyabr 2021 yil 490

Farg‘ona shahrida avtomashina sotib olmoqchi bo‘lgan shaxs pullariga aldandi

Farg‘ona shahri. 10 noyabr kuni fuqaro K.Yo IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning oktyabr oyida nomaʼlum shaxs bilan internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, unga avtomashina sotib olishida yordam berishligini aytib, ishonchini suiisteʼmol qilish orqali plastik karta raqamini qo‘lga kiritib, plastik karta hisobida bo‘lgan 3.251.340 so‘m pullarini boshqa plastik kartaga o‘tkazish yo‘li bilan qo‘lga kiritganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech