Fargʻona shahrida avtomashina sotib olib pullarini toʻliq bermagan shaxs qamoqqa olindi
Fargʻona shahar. M.A IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning noyabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “Ford” rusumli avtomashinasini 14.500 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, oldindan 7.300 AQSH dollarini berib, qolgan 7.200 AQSH dollarini keyinchalik olib kelib berishini aytib, avtomashinasini olib ketib bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.J sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati