24 Iyul 2023 yil 361

Fargʻona shahrida avtomashina salonidan telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Shifokorlar koʻchasida yashovchi fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 22-iyun kunidan 23-iyun kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs, yashash xonadoni oldida turgan “Vaz-2101” rusumli avtomashinasini oynalarini ochiq qolganidan foydalanib, salonida boʻlgan narxi 140 AQSH dollarlik “Verizon” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan T.Z sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech