25 Aprel 2023 yil 394

Fargʻona shahrida avtomashina salonida giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar.2023-yilning 11-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB JXX JTSB PPX 1-otryad xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Sh.Rashidov koʻchasida shubxali tarzda toʻxtab turgan Q.U.ning “Nexia-3” rusumli avtomashinasi saloni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, avtomashina salonida gashish giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech