Fargʻona shahrida arzon narxda muzlatgich olib beraman deb ayolning pullarini qoʻlga kiritgan shaxs aniqlandi
Fargʻona shahri. 20-sentabr kuni M.A. ismli ayol IIBga muojaat qilib, unda 2021-yilning iyul oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 2.400.000 soʻm evaziga arzon narxda muzlatgich olib berishni aytib, ishonchini suiste’mol qilish orqali pullarini olib bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan 2.400.000 soʻm pullarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati