1 Mart 2023 yil 383

Fargʻona shahrida aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritgan shaxs fosh boʻldi

Fargʻona shahar. U.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 23 yanvar kuni shahar markazida joylashgan oʻziga tegishli paynet shaxobchasida ishlab turgan vaqtida, uning oldiga yoʻlovchi taksi haydovchisi kelib, uni telefon orqali oʻziga nomaʼlum shaxs, bilan gaplashtirganligi, nomaʼlum shaxs oʻzining plastik kartasiga pul oʻtkazib berishini, unga esa naqd pul berib yuborishini aytib aldab, 2.000.000 soʻm miqdoridagi pullarini plastik kartasiga oʻtkazdirib olishga erishib, unga naqd pullarini bermasdan 2.000.000 soʻm miqdoridagi pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.F sodir etganligi aniqlanib, unga nisvbatan sud tomonidan “qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech