Fargʻona shahrida aldov yoʻli bilan “Spark”avtomashinasini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahri. 09-mart kuni fuqaro B.O IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning aprel oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan narhi 4.900 AQSH dollarlik “Spark” rusumli avtomashinasini sotib olishga kelishib, pullarini bir oy muddatda berishni aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan avtomashinani qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlmii tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.O. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati