Fargʻona shahrida aldov yoʻli bilan muzlatgichni qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahri. 12-sentabr kuni Qoʻshtepa tumanida yashovchi S.R IIB ga murojaat qilib, 2021-yilning iyun oyida noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan muzlatgichini 1.500.000 soʻm evaziga sotib olishga kelishib, pullarini bir xafta muddat ichida olib kelib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan muzlatgichni qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati