Farg'ona shahrida aldov yo'li bilan fuqaroning plastik kartasidan 4.600.000 so'm pullarni echib olgan shaxs aniqlandi
Farg'ona shahar. Fuqaro M.Z IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 18 fevral kuni nomaʻlum shaxs telegram kanali orqali, tegishli dori-darmon profil admini deb tanishtirib marmelad sotishini aytib, bank tomonidan berilgan plastik kartasi maxfiy kodini qo'lga kiritib, plastik kartasi hisobida bo'lgan 4.600.000 so'm pullarini firibgarlik yo'li bilan echib olganligini maʻlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati