27 Aprel 2022 yil 573

Fargʻona shahrida 850 AQSH dollarlik uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri.8-aprel kuni M.A IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs shahar markazidagi “artel” savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli boʻlgan narxi 850 AQSH dollarlik “Samsung S21 ultra” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Turkiston koʻchasida yashovchi M.O hamda Furqat koʻchasida yashovchi A.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech