7 Fevral 2022 yil 383

Fargʻona shahrida 50.000.000 soʻmlik kolbasa mahsulotlarni aldab qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi  

 

Fargʻona shahri. 1-oktabr kuni X.A IIBga murojaat qilib, unda 2020-yil aprel oyida noma’lum shaxs shahar markazida joylashgan MCHJga  qarashli savdo doʻkonida savdo qilayotgan X.A.ni ishonchiga kirib pullarini bir haftada berishini aytib, jami 50.000.000 soʻmlik kalbasa mahsulotlarini olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan  kolbasa mahsulotlarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB  huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.F sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Text to speech