Fargʻona shahrida 4 nafar talonchi qoʻlga olindi
Fargʻona shahri. 13-dekabr kuni 4 nafar noma’lum shaxslar bir guruh boʻlib, Fargʻona koʻchasida joylashgan oʻyingohda hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib, N.M.ning 150.000 soʻm pullarini va M.Sh.ning 1 500 000 soʻmlik uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritishgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.M., J.R., A.S. hamda S.N.lar sodir etganligi aniqlanib, ularga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati