20 Yanvar 2023 yil 361

Fargʻona shahrida 3.000.000 soʻm telefon apparatlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. T.D IIBga murojaat qilib, unda 10-yanvar kuni noma’lum shaxs shahar markazida joylashgan xojatxonadagi kiyim yechish joyida turgan kurtkasining choʻntagida boʻlgan 3.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech