Fargʻona shahrida 29.100.000 soʻmlik chiroqlarni olib ketib pullarini bermagan shaxs javobgarlikka tortildi
Fargʻona shahri. 27-dekabr kuni fuqaro A.B IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 22-oktabr kuni ismli noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan chiroqlarini 29.100.000 soʻmlik 290 dona sotib olishga kelishib, pullarini bir ozdan soʻng olib kelib berishini aytib, olib ketib bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan chiroqlarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.D va A.Y.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati