Fargʻona shahrida 28 bosh chorva mollarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.2022-yilning avgust oyida J.U va E.Sh.lar bir guruh boʻlib, Sh.B.ning ishonchiga kirib, oʻzlarini chorva mollari ulgurji savdosi bilan shugʻullanishini aytib, pullarini uch oy muddat ichida berishini aytib, jami narxi 210.000.000 soʻmlik 28 bosh chorva mollarini olib ketib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan mollarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni S.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati