12 Iyun 2023 yil 347

Fargʻona shahrida 25.000.000 soʻmlik mebellarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Fuqaro M.J IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning mart oyi oxiridan 2023-yilning 23-aprel kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs riyeltrlik xizmatidan foydalangan holda sotuvga qoʻygan A.Yassaviy koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylardan biridagi xonadondan narxi 25.000.000 soʻmlik mebellarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib bormoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech