Fargʻona shahrida 130.000.000 soʻmlik “Shokolad” mahsulotlarini sotib olib, pullarini bermagan ayol va erkak javobgarlikka tortildi
Fargʻona shahar.2021-yilning 14-dekabr kuni A.F ismli ayol va Oʻ.O.lar bir guruh boʻlgan holda tanishi N.N.ni ishonchiga kirib, Oʻzbekiston ovozi koʻchasida koʻrishib pullarini bir oyda berishini aytib, jami 130.000.000 soʻmlik “Shokolad” mahsulotlarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldab pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati