Fargʻona shahrida 10.000.000 soʻmlik suv nasos agregatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. Fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 11-iyun kunidan 12-iyun kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs, Ayjuvozboshi koʻchasida joylashgan atrofi temir panjara bilan oʻralgan shaxobchasiga kirish eshik qulfini buzish yoʻli bilan gʻayriqonuniy ravishda kirib, u yerda oʻrnatilgan narxi 10.000.000 soʻmlik suv nasos agregatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlanishgan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati