Fargʻona shahrida 1 bosh qoramol sotib olib kelishilgan pullarni bermay aldagan shaxs javobgarlikka tortildi
Fargʻona shahar. Fuqaro S.O IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 02-aprel kuni noma’lum shaxs Sanoat koʻchasida ishonchiga kirib, uning 1 bosh qoramolini 4.700.000 soʻmga sotib olishga kelishib, oldindan 100 AQSH dollarini berib, qolgan pullarini 3 kun muddat ichida olib kelib berishini va’da qilib, aldov yoʻli bilan qoramolini qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati