6 May 2023 yil 98

Fargʻona shahar IIO FMBda navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi boʻlib oʻtdi

Fargʻona shahar IIO FMBda “Ma’naviyat oyligi” doirasida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi.

Shu kuni bir necha yillar IIOlarida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan 4 nafar xodimlar katta tantanalar bilan oʻzbekning milliy choponi egnilariga kiygizilgan holda nafaqaga kuzatildi. Ularga boshqarma rahbariyati va xodimlari tomonidan sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat doimo hamroh boʻlishi haqida ezgu tilaklar bildirildi.


Oʻz navbatida nafaqaga chiqqan xodimlar soʻz olib, IIOda xizmat qilgan mashaqqatli, ammo sharafli yoʻllarini gʻurur bilan esga olib, shogirdlarga ularning yoʻllarini berishini, har qanday yordam va maslahatlarga doimo tayyor ekanliklarini bildirishdi va jinoyatchilikni oldini olish, unga qarshi kurash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlashda kuch-gʻayrat tilab, hech qachon charchamasliklarini tilakdoshi ekanliklarini bayon etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida yangi lavozimga tayinlangan, yuqori lavozimga tayinlangan xodimlarning buyruqlari shaxsiy tarkibga oʻqib eshittirilib, ularga xizmatlarda ulkan zafarlar va muvafaqiyatlar tilandi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech