Fargʻona shahar velosiped oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs javobgarlikka tortildi
Fargʻona shahar. Neftchilar koʻchasida yashovchi T.V ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 22-aprel kuni noma’lum shaxs Neftchilar koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida kirish yoʻlagida qarovsiz qolgan narxi 1.300.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan X.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati