7 Mart 2023 yil 243

Farg'ona shahar IIO FMBda o'tkazilgan “Maʻnaviyat va maʻrifat” darsida ayollarga ehtirom ko'rsatildi

Ayol – borliq ko'zgusi! Uning go'zalligi olamni charag'on etadi.

2023 yil 07 mart kuni Farg'ona shahar IIO FMB majlislar zalida navbatdagi maʻnaviyat va maʻrifat soati o'tkazildi.

Navbatdagi maʻrifat darsi mavzusi “Ayol-hayot charag'boni” deb nomlanib, oqila va go'zal ayollarimizni oilada maʻnaviy muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasidagi maʻsuliyat, milliy qadriyatlarni singdirish va qator tashabbuslarda faol, shijoatli ayollarning o'rni haqida maʻruza tinglandi.

Shundan so'ng Farg'ona shahar IIO FMBda xizmat qilayotgan 12 nafar ayol xodimalarga boshqarma boshlig'ining 8-mart – halqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tabrigi o'qib eshittirilib, ularga qimmatbaho estalik sovg'alari topshirildi.

Ona vatanimiz – O'zbekistonimizni asrab-avaylab, uning kelajagi yo'lida jonini fido qilib yurgan xodima ayollarimiz doimo sog' bo'lsin.

Tadbir davomida sohada ko'p yillar xizmat qilgan tajribali xodimlar tomonidan ayollarga bayram tabriklari bildirildi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech