21 Noyabr 2022 yil 266

Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash mavzusida yigʻilish oʻtkazildi

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining tegishli koʻrsatmasiga asosan Fargʻona shahar IIO FMB majlislar zalida shaxsiy tarkib hamda faxriylar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Tadbirda Fargʻona viloyati IIB boshligʻining maslahatchisi, iste’fodagi polkovnik Ibragim Ismoilov, viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik Arabboy Usmonovlar va boshqa tajribali ustozlar ishtirok etib, yosh xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, Vatanga muhabbat va kasbga sadoqat tushunchalari haqida maslahatlar berishdi.

Yigʻilishda soha xodimlari oʻrtasida korrupsion holatlarning oldini olish, yoshlar xodimlarni halollik va adolat ruhida tarbiyalashda kasbiy va hayotiy tajribaga ega boʻlgan faxriylar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, “Ustoz-shogird” an’analariga muvofiq ish yuritish kerakligi ta’kidlandi.

Yigʻilishdan soʻng faxriylar Fargʻona shahar IIO FMB da tashkil etilgan “Vatanparvarlik burchagi” ni koʻzdan kechirdilar.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech