29 Avgust 2022 yil
410
Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 251-modda prim 1-moddasi 3-qismida (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan N.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati