9 Aprel 2022 yil 595

Fargʻona shahar IIO FMB hamda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamkorligida oʻquv seminari oʻtkazildi

Unda Fargʻona shahar IIO FMB boshligʻi oʻrinbosarlari, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi mutasaddi rahbarlari, viloyatdagi shifoxonalarning bosh vrachlari, tegishli mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanda viloyat sogʻliqni saqlash muassasalarida 2021-yil va 2022-yilning oʻtgan davrida sodir etilayotgan jinoyatlar va korrupsion holatlar tahlil qilinib, ularning oldini olish boʻyicha hamkorlikda amalga oshirilishi zarur boʻlgan ustuvor vazifalar haqida soʻz yuritildi. Korrupsiya jinoyati va uning ayanchli oqibatlari haqida aniq misollar keltirildi.

Tibbiyot muassasalari va soha xodimlari oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish kerakligi alohida ta’kidlandi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech