Fargʻona shahar hududida fuqaroga uy qurib berishni vaʼda qilib aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
6-dekabr kuni Sh.J IIBga murojaat qilib, unda 2019-yilning oktyabr oyida nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, shahar hududida uy qurib berishini aytib, 16.400 AQSH dollar pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati