8 Sentyabr 2022 yil 365

Fargʻona shahrida uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi

Fargʻona shahar.U.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 20-iyul kuni, noma’lum shaxs Dehqonlar koʻchasida joylashgan bozordagi savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan narxi 3.000.000 soʻmlik
“Samsung А-7” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo olinib protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech