14 Iyun 2023 yil 368

Fargʻona shahrida “Nexia” avtomashinasi salonida boʻlgan pullarni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Olmos koʻchasida yashovchi T.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 22-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida ochiq xolda qarovsiz qolgan “Nexia” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan 200 AQSH dollari va 2.500.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan I.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib bormoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech