15 Dekabr 2021 yil 259

Fargʻona viloyatida qidiruvda boʻlgan 3 nafar shaxslar qoʻlga olindi

14.12.2021-yil kuni Fargʻona viloyati IIB JQB va Fargʻona shahar IIO FMB YHXB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Y.N.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.R.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Oltiariq tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.A.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech