16 Mart 2022 yil 472

Fargʻona shahrida “ogʻufurush” qoʻlga olindi

Fargʻona shahar.12-mart kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, B.Margʻiloniy koʻchasida T.A qonunga xilof ravishda uch dona “BK-1500” rusumli konditsioner evaziga jami ogʻirligi 1,43 gr. “Gashish” giyohvandlik moddasi sotgan vaqtida, daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech