13 Oktyabr 2022 yil 533

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari ishtirokida tadbir oʻtkazildi

«Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz» mavzusida tashkil etilgan uchrashuvda Fargʻona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, kapitan Nomozov Jahongir Avazbek oʻgʻli hamda Fargʻona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshligʻi maslahatchisi, iste’fodagi podpolkovnik Usmonov Arabboy Xolboyevichlar qatnashib, mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.

Institutning davolash ishi fakulteti talabalari va professor oʻqituvchilari ishtirok etgan anjumanda bugun mamlakatimizda yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.

Shu bilan birga, ayrim yoshlar bu imkoniyatlardan unumli foydalanish oʻrniga turli aldov va yolgʻonlarga uchib, sabiy odatlarga oʻrganib, jinoyat koʻchasiga kirib qolayotganligi tanqid qilindi.
Fargʻona viloyatida talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, yoshlar bundan oʻziga toʻgʻri xulosa chiqarishlari kerakligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan talaba-yoshlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida bir qator aniq takliflar ham oʻrtaga tashlandi.

Viloyat IIB Axborot xizmati.

Text to speech