Fargʻona shahrida “ogʻufurush qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. 23-aprel kuni shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Fargʻona shahar, Ismoilova koʻchasida yashovchi A.R Quvasoy shahar, Qoʻchqorchi qishlogʻida 1 boʻlak “gashish” giyohvandlik moddalarini 1.000.000 soʻm evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati