11 Dekabr 2021 yil 1027

Fargʻona dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari oʻtkazildi

Jumladan, Fargʻona shahridagi “Markaziy dehqon bozori”da aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash boʻyicha monitoringlar oʻtkazilib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yaroqliligi oʻrganildi. Iste’molga yaroqsiz 100 kgdan ziyod noma’lum sharoitda tayyorlangan kontserva, 15 kg sut va 10 kg goʻsht mahsulotlari savdodan olindi.

Shuningdek, savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar oʻrtasida veterinariya-sanitariya talablari asosida faoliyat olib borish boʻyicha tushunchalar berildi.

Olingan iste’molga yaroqsiz mahsulotlar mutaxassis va xolislar ishtirokida yoʻq qilindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech