Fargʻona shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar.05-avgust kuni Fargʻona viloyati IIB va shahar IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangilik koʻchasida yashovchi Sh.Gʻ.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon tomorqasida “gashish” giyohvandlik moddasi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati