16 Sentyabr 2022 yil 418

Fargʻona shahrida ayolni xonadonini tunagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar.Termiz koʻchasida yashovchi E.U ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 03-sentabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon seyfida boʻlgan 500 AQSH dollari va 600.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech