30 Sentyabr 2022 yil 208

Fargʻona shahrida qarovsiz qolgan avtomashina salonidan 100 AQSH dollar pulni oʻgʻirlagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahar.18-avgust kuni D.A Sh.Z.ning Oybek koʻchasida qarovsiz qoldirgan “Nexia-2” rusumli avtomashinasi salonida boʻlgan 100 AQSH dollarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech