Yozyovonda doʼkon tomini teshib, oʼgʼirlik qilgan shaxslar ushlandi
Yozyovon tumani. 17 aprel kuni P.O. sheriklari S.Q. va Yo.U.lar bilan birgalikda Tegirmonboshi mahallasi hududida joylashgan savdo doʼkoni tomini teshib, doʼkondan jami narxi 23.000.000 soʼmlik, 8 dona televizorlarni oʼgʼirlab ketishgan.
Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, P.O., S.Q. va Yo.U.larga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati