14 Sentyabr 2021 yil 466

Yozyovon tumanida “ogʻu” saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Yozyovon tumani. 09-sentabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Ishtirxon MFY hududida yashovchi R.M.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yotoqxonasida 1 litr shisha idishda “koʻknori somoni”ning quritilgan holdagi oʻsimlik boshoqlari hamda temir pechkasining ichida qogʻoz parchasiga oʻralgan holda "marixuanna" giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech